“Taʼlimda innovatsion texnologiyalar va sunʼiy intellekt: moslashuvchanlik, qulaylik va teng imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman
“Taʼlimda innovatsion texnologiyalar va sunʼiy intellekt: moslashuvchanlik, qulaylik va teng imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkazililadigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 11-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq joriy yilning 2-3 aprel kunlari
Diplomat University’da “Taʼlimda innovatsion texnologiyalar va sunʼiy intellekt: moslashuvchanlik, qulaylik va teng imkoniyatlar” mavzusida xalqaro ilmiy anjumanni oʻtkazish belgilangan.
Mazkur anjuman ta’lim tizimida innovatsion ta’lim texnologiyalari va sun’iy intellektni joriy etish hamda ulardan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlanadi. Anjumanda ta’lim jarayonining moslashuvchanligini oshirish, raqamli va sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar orqali o‘qitish sifatini yaxshilash, zamonaviy ta’lim modellarini tatbiq etish, shuningdek, ta’lim jarayonida qulay muhitni shakllantirish va barcha ishtirokchilar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb nazariy va amaliy masalalar muhokama qilinadi.
Anjuman doirasida quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy-amaliy ma’ruzalar muhokama etilishi rejalashtirilgan:
1-sho‘ba.Taʼlimda sunʼiy intellekt va moslashuvchan (adaptive) taʼlim texnologiyalari.
2-sho‘ba. Taʼlimda qulaylik, teng imkoniyatlar va inklyuziya.
3-sho‘ba. Pedagogik innovatsiyalar va professor-o‘qituvchi kompetensiyalari.
4-sho‘ba. Til taʼlimi va gumanitar fanlarda sunʼiy intellekt.
5-sho‘ba. Taʼlimda sunʼiy intellektning huquqiy va axloqiy masalalari.
Anjuman ishida tadqiqotchi-olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Ilmiy anjuman materiallarini (maqola va tezislar) rasmiylashtirish tartibi hamda qo‘yiladigan texnik talablar:
- taqdim etiladigan materiallar konferensiya ilmiy yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan holda, imlo xatolarsiz taqdim etilishi lozim;
- materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;
- ma’ruza tezislari matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchamda, yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Yuqori qismda o‘rtada maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, elektron manzili va telefon raqami yoziladi. So‘ngra, 1,0 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 3-5 bet hajm doirasida bo‘lishi talab etiladi.
Taqdim etiladigan materiallarda konferensiyaning sho‘basi aniq ko‘rsatilishi zarur. Materialda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va plagiatdan holiligiga muallifning shaxsan o‘zi mas’ul hisoblanadi.
Tashkiliy qo‘mita yuborilgan materiallarni tahrir qilish va tanlash huquqiga ega. Anjuman mavzusiga mos bo‘lmagan, tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.
Ishtirok etish uchun maqola va tezislar 2026-yil 20-martgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.
Ilmiy anjuman materiallari quyidagi elektron manzil bo‘yicha qabul qilinadi:
TelegramBOT: @dukonferensiyabot,
Tel: +998773010030 (WhatsApp)
E-mail: fholtodjieva@gmail.com
Manzil:Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Sayilgoh ko‘chasi, 1-uy, 100047 Diplomat University, “Filologiya va xorijiy tillar” kafedrasi. (yuklab olish)