RAHBARIYAT
UMMATOV BEKZOD XAMZAYEVICH
MAHMUDOV UMID BEHZODOVICH
Siyosiy fanlar doktori, Professor
SANGIROV BOTIR YUSUPOVICH
Kafedralar
Kafedra mudiri
Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi
Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi – talabalarni zamonaviy siyosiy jarayonlar, ijtimoiy munosabatlar, va xalqaro aloqalar bo'yicha yetuk mutaxassis qilib tayyorlashga qaratilgan markaz.
Kafedraning asosiy maqsadi – yoshlarni chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan ta'minlash, ularning tahliliy fikrlash, ijtimoiy jarayonlarni baholash va to'g'ri qaror qabul qilish layoqatini oshirishdan iborat.
Shuningdek, biz talabalarga xalqaro va milliy miqyosdagi o'zgarishlarni to'g'ri idrok etgan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qo'sha oladigan kadr sifatida shakllanishida ko'maklashamiz.
Rustam Ziyatovich Djumayev
Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi professori
Rustam Ziyatovich Djumayev - 1960 yil 4 iyun kuni Buxoro viloyati Olot shahrida tug‘ilgan.
1978-1987 yy. - ToshDU hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining Falsafa-iqtisod fakulteti talabasi va aspiranturasini tamomlagan.
U 1988 yilda falsafa fanlari nomzodi, 1992 yilda dotsent unvoni, 1997 yilda siyosiy fanlar doktori, 1998 yilda professor ilmiy unvonini olgan.
Tolipov Farxod Fazilovich
Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti v.b., Siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Toshkent Davlat universitetini tamomlagan. Siyosiy fanlar bo’yicha falsafa doktori. Ihtisosligi Xalqaro Munosabatlar nazariyasi; Xalqaro va Milliy Xavfsizlik; Geosiyosat; Markaziy Osiyo tadqiqotlari.
F. Tolipov bitta monografiya, 200 dan ortiq ilmiy maqolalari O‘zbekiston va horijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan. AQSHning Garvard, Georgia Universitetlari, NATO Mudofaa Kolleji va boshqa horijiy ilmiy maskanlar va universitetlarda malaka oshirgan va ma’ruzalar o’qigan.
Markaziy Osiyo Tadqiqotlari bo’yicha Yevropa Jamiyati (ESCAS); Markaziy Yevro-Osiyo Tadqiqotlari Jamiyati (a’zosi) (CESS).
Ametov Temirbek Almasbaevich
Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Tarix mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
T. Ametov 8 ta monografiya, 3 tа o‘quv qo‘llanma muallifi, 140 dan ortiq ilmiy maqolalari O‘zbekiston, Qozog‘iston, AQSh, Britaniya, Rossiya, Turkiya va boshqada davlatlarning nufuzli ilmiy jurnallari va mahalliy nashrlarida chop etilgan.
Xalqaro va mahalliy OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarning tahririyat a’zosi.
Tagayeva Faragat Begmirzayevna
Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistr darajalarida tamomlagan.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi (PhD).
Rus, yapon, ingliz va turk tillarini mukammal biladi.
2008-yilda yapon tili bo‘yicha notiqlik san’ati yo‘nalishida o‘tkazilgan XVI Respublika tanlovi g‘olibasi bo‘lgan (29.03.2008).
F. Tagayeva 10 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Pirmatov Dilshod Sunnatulla o‘g‘li
Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasini Dinshunoslik va tarix mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
D. Pirmatov 10 dan ortiq ilmiy maqolalari O‘zbekiston, Rossiya, Chexiyaning nufuzli ilmiy jurnallari va mahalliy nashrlarida chop etilgan.
O‘zbekiston Al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi sovrindori.
Sa’diyev Bahodir Ubaydulo o’g’li
Ijtimoiy va siyosiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Jahon Iqtisodiyosti Va Diplomatiya Universitetini Siyosatshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Jahon Iqtisodiyosti Va Diplomatiya Universitetini Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar yo’nalishini magistraturasini tugatgan.
Kafedra mudiri
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini bakalavr va magistr darajalari bilan tamomlagan.
O‘z faoliyati davomida 1 ta oquv qo‘llanma, 4 ta ilmiy maqola, 8 ta xalqaro va respublika konferensiyalarida ma’ruzalar tezisini nashr etgan. Shu bilan birga, talabalarni respublika va xalqaro olimpiada va konferensiyalarga tayyorlagan va ular sovrinli o‘rinlarni egallagan.
Bugungi kunda Diplomat University talabalariga ingliz tilidan dars berib, ilmiy-tadqiqot faoliyatiga qiziqish bildirgan iqtidorli talabalarga bilim va ko‘nikmalarni muntazam ravishda o‘rgatib kelmoqda.
Saydumarov Murtazo G‘oziyevich
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi dotsenti Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi
Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)ni "Arab filologiyasi" mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Yaman Xalq demokratik Respublikasida tarjimon, Toshkent davlat universitetida Arab tili o‘qituvchisi, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti aspiranti, O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri yordamchisi, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining ilmiy bo‘yicha prorektori lavozimlarida ishlagan.
Saudiya Arabistonidagi Podsho Saud universiteti Tillar va tarjima fakultetining Zamonaviy tillar va tarjima kafedrasi professori (1997-2018), Saudiya Arabistoni Axborot va arab-rus tadqiqotlari markazi akademik dasturlar direktori (2013-2018) sifatida mehnat faoliyati olib borgan.
Arabshunoslikka oid 120 dan ortiq ilmiy maqolalar va monografiyalar muallifi, badiiy va ilmiy asarlar – ilmiy risolalar, romanlar, hikoyalar va nasriy she’rlar to‘plamlari tarjimoni.
Shayx Hamad nomidagi Tarjima va o‘zaro bir-birini tushunish xalqaro mukofoti (Qatar, 2019), Podsho Abdullo ibn Abdulaziz nomidagi tarjima xalqaro mukofot (Saudiya Arabistoni, 2022) sovrindori.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni (2023) bilan taqdirlangan.
Xoltojiyeva Feruza Sidamatovna
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi
Sankt-Peterburg davlat universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Lingvistika; Tarjima nazariyasi va amaliyoti. Yetakchi xorijiy va mahalliy ilmiy nashrlarda chop etilgan bir qator ilmiy maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida qiyosiy lingvistika sohasida mustaqil tadqiqotchi hisoblanadi.
Jahon banki tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro loyihada, Davlat test markazida, Toshkent davlat Sharqshunoslik universitetida hamda Urganch davlat universitetida ish tajribasiga ega.
Abdullayeva Albina Ergashevna
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi katta o'qituvchisi
O`zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi: Tarjima nazariyasi va amaliyoti. A.E.Abdullayeva 1ta metodik qo`llanma va 3ta o`quv qo`llanma nash qirgan. Uning 35 dan ziyod maqola va tezislari O‘zbekiston va xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan.
2016 “Yilning eng yaxshi ingliz tili o`qituvchisi” tanlovida g’olib bo’lib, Buyuk Britaniyaning Norvich shahrida malaka oshirgan. Bundan tashqari 2018 yilda Buyuk Britaniya, va Hindistonda, 2022 va 2023 yillarda AQShning etakchi universitetlaridan malaka oshirish kursida tahsil olgan. AQShning Shimoliy Karolina universitetida xorijiy talabalarga ma’ruzalar o’qigan.
Agzamova Nodira Obiddinovna
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini tamomlagan. Sharq filologiyasi mutaxassisligi bo`yicha Hind bakalavr hamda tarjima nazariyasi va amaliyoti mutaxassisligi bo`yicha magistraturani bitirgan. Toshkent davlat jahon tillari universitetida qayta tayyorlovni o`tab ingliz tili o`qituvchisi diplomini olgan.
Ingliz tilida bir qator ilmiy maqolalarni mahalliy va horijiy nashrlarda chop ettirgan. Ingliz tiliga o`zbek va rus tillaridan qilgan tarjima ishlari nashrdan chiqqan.
Ingliz tilini amaliy o`rganish, so`zlashuvda qo`llash va madaniyati bilan tanishish maqsadida Buyuk Britaniya va AQSHda bo’lib qaytgan.
Ortiqov Muzaffar Xojimurod o‘g‘li
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
O‘zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti bitiruvchisi. Mutaxassisligi — ingliz tilini ikkinchi va xorijiy til sifatida o‘qitish. Xorijiy va mahalliy ilmiy nashrlarda chop etilgan bir qator ilmiy maqola va tezislar muallifi.
Nurullayev Muxiddin Raxmatullayevich
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi
2003–2007 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavriat yo‘nalishini, 2007–2009 yillarda esa mazkur oliygohning magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ixtisosligi Sharq filologiyasi (Arab tili va adabiyoti), Tarjima nazariyasi va amaliyoti.
M. Nurullayev pedagogik faoliyati davomida bitta monografiya, 20 ga yaqin ilmiy maqolalari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallar hamda konferensiyalarda tezislari chop etilgan.
Mamadjanova Dildora Ulug‘bek qizi
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
Mamadjanova Dildora Ulug'bek qizi - Mirzo Ulug'bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Xorijiy filologiya” (ingliz tili) fakultetining bakalavr va magistratura bosqichlarini tamomlagan. U 15 ga yaqin ilmiy maqolalar chop etgan.
Hozirgi vaqtda “Diplomat University” ning “Filologiya va xorijiy tillar” kafedrasida ingliz tilidan dars berib kelmoqda. Uning kasbiy tajribasi va ilmiy yutuqlari samarali o‘qitish va zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga hissa qo‘shmoqda.
Abdullayeva Iroda Yorqinjon qizi
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi
2007–2011 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bakalavriat yo‘nalishini, 2011–2013 yillarda esa mazkur oliygohning magistratura bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan. Ixtisosligi Sharq filologiyasi (Arab tili va adabiyoti), Lingvistika (Arab tili).
I.Abdullayeva pedagogik faoliyati davomida bitta monografiya, 20 ga yaqin ilmiy maqolalari respublika va xalqaro miqyosdagi ilmiy jurnallar hamda konferensiyalarda tezislari chop etilgan.
Tursunova Visola Batirdjanovna
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
Tursunova Visola Batirdjanovna O'zbekiston davlat jahon tillari universitetini bakalavr va magistr darajalari bilan tamomlagan. Tursunova Visola Batirdjanovna 2 ta o'quv-uslubiy qo'llanma va bir nechta ilmiy va xalqaro ilmiy maqolalar muallifi hisoblanib, ingliz tili o’qituvchisi sifatida 8 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. ToshDShI ”G’arb tillari” kafedrasi o’qituvchisi lavozimida ishlagan. Hozirgi vaqtda Diplomat University ning “Filologiya va xorijiy tillar” kafedrasida ingliz tilidan dars berib kelmoqda.
Nizomiddinova Malika Farxod qizi
Filologiya va xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tarjima nazariyasi va amaliyoti xitoy tili bo’yicha bakalavr va qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik mutaxassisi tilshunos, tarjimon, tadqiqotchi-pedagog xitoy tili mutaxassisligi magistraturasini tamomlagan. Bir necha ilmiy maqolalar muallifi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti huzuridagi Konfusiy nomli O‘zbekiston-xitoy institutida o’qituvchi bo’lib ish faoliyat yuritgan. Hozirgi vaqtda xususiy bolalar bog’chasida, bolalar psixologiya markazi hamda Konfusiy nomli O‘zbekiston-xitoy institutida xitoy tili o’qituvchisi bo’lib zamonaviy o'qitish metodikalarini faol joriy etib kelmoqda.
Kafedra mudiri
Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar kafedrasi
Toshkent moliya institutini Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ilmiy darajasi: «Tijorat banklarida raqamli valyutalar muomalasini tartibga solish metodologiyasini takomillashtirish» mavzusida 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit hamda 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya tutash ixtisosliklari bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc.).
Ilmiy unvoni: “Dotsent” – 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi bo’yicha.
Rasul Shavkatovich Salayev tomonidan 2 ta monografiya, 1 ta darslik hamda 2 tа o‘quv qo‘llanma muallifi, 50 dan ortiq ilmiy maqolalari O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Belgiya, Vengriya, AQSh, Britaniya, Rossiya, Turkiyaning nufuzli ilmiy jurnallari va mahalliy nashrlarida chop etilgan. Xalqaro va mahalliy OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarning tahririyat a’zosi.
Rus, turk tillarini ish yurita olish darajasida biladi.
Raximova Guzalbegim Murodovna
Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc.)
Toshkent davlat iqtisodoyot universitetini Audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ilmiy darajasi: «Asosiy vositalar hisobining metodologiyasini takomillashtirish» mavzusida 08.00.08–«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» ixtisosliklari bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Ilmiy unvoni: “Dotsent” – 08.00.08–«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit» ixtisosligi bo’yicha.
Raximova Guzalbegim Murodovna tomonidan 2 ta monografiya, 2 ta darslik hamda 1 tа o‘quv qo‘llanma muallifi, 50 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy ilmiy jurnallari va mahalliy nashrlarda chop etilgan, shuningdek nufuzli Scopus va Web of science ilmiy bazalarda indeksatsiyalangan. Xalqaro va mahalliy OAK ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarning tahririyat a’zosi.
Rus, ingliz tillarini ish yurita olish darajasida biladi.
Xolmatov Nemat Boymirzaevich
Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalari kafedrasi dotsenti
Toshkent davlat universitetining Iqtisodiyot fakultetini tamomlagan (1995-y.), iqtisod fanlari nomzodi. Ixtisosligi iqtisodiyot nazariyasi, milliy iqtisodiyotni sanoatlashtirish, sanoat siyosati, sanoatlashuv jarayoni, institutsional muammolar
N.Xolmatovning 60 dan oshiq oʻquv va ilmiy ishlari eʼlon qilingan, shular jumlasidan, 1 ta darslik (OʻzR OOʻMTV grifi bilan, hammualliflikda), 3 ta oʻquv qoʻllanma (2 tasi hammualliflikda), 3 ta qoʻllanma (hammualliflikda), 2 ta monografiya, 50 dan oshiq ilmiy maqola va tezislar
N.Xolmatov 2004-yilda Malayziyaning Mara texnologiya universitetida malaka oshirgan.
Djumanova Rano Fayzullayevna
Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Ixtisoslik shifri: 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
Tadqiqot yo‘nalishi: Aholi turmush darajasi: ko‘rsatkichlar tizimi va uni yuksaltirish strategiyalari.
Ma’lumoti: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida iqtisodiyot va boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
R. Djumanova ko‘p yillik ilmiy va pedagogik faoliyati davomida jami 200 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan. Jumladan: 1 ta monografiya; 1 ta darslik; 3 ta o‘quv qo‘llanma; 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma. O‘zbekiston va nufuzli xalqaro nashrlarda chop etilgan ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi.
Qulmetov Mansurbek Ro’zmatovich
Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti
Toshkent Davlat Iqtisodiyot unversiteti Iqtisodiyot mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Ilmiy darajasi: «Tijorat banklari o’rtasidagi raqobatni takomillashtirish» mavzusida 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit bo‘yicha falsafa fanlari doktori (PhD).
Ilmiy unvoni: “Dotsent” – 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi bo’yicha.
Qulmetov Mansurbek Ro’zmatovich tomonidan 2 ta monografiya, 1 ta darslik hamda 2 tа o‘quv qo‘llanma muallifi, 40 dan ortiq ilmiy maqolalari O‘zbekiston, Germaniya, Hindiston, Belgiya, Vengriya, AQSh, Britaniya, Rossiya, Turkiyaning nufuzli ilmiy jurnallari va mahalliy nashrlarida chop etilgan.
Rus, turk tillarini ish yurita olish darajasida biladi.
Nurulloyev Ibodullo Zubaydillo o‘g‘li
“Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar” kafedrasi o‘qituvchisi
Toshkent axborot texnologiyalari universitetini Kompyuter injiniring mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 1 tа o‘quv va metodik qo‘llanma muallifi, 16 dan ortiq ilmiy maqolalari Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Buyuk Britaniyaning ilmiy jurnallari va mahalliy nashrlarida chop etilgan. Bundan tashqari, Respublikaning markaziy gazetalari va xorijiy elektron ommaviy axborot vositalarida taxminan 8 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan.
Bo'limlar
Fatxullayev Abror Jaxongirovich
Xalqaro hamkorlik va protokol bo'limi boshlig'i
Fatxullayev Abror Jaxongirovich 1961-yil 18-iyulda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston Respublikasining taniqli diplomati va davlat xizmatchisi.
1978-1984 yillarda Toshkent davlat universitetida tahsil olgan, 1995-1996 yillarda Davlat boshqaruvi Akademiyasida magistraturada o‘qigan.
Berdikulov Mashrab Alikulovich
Talabalar amaliyoti va karyera markazi rahbari
Berdikulov Mashrab Alikulovich 1979-yil 7-sentyabrda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti “Umid” jamg’armasi sovrindori. 1998-2001 yillarda Buyuk Britaniyaning Vulverhampton universitetida tahsil olgan, 2002-2004 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida magistraturada o‘qigan. Ilmiy unvoni – dotsent.
Abdullayev Obidjon Oripovich
O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
Abdullayev Obidjon Oripovich 1985-yil 6-oktabrda Sirdaryoda tug‘ilgan. Mutaxassisligi — Tasviriy san’at tarixi va nazariyasi. 1 ta o‘quv qo‘llanma va 20 dan ortiq ilmiy ish muallifi.
Bozorov Ikrom Safartosh o‘g‘li
Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i
Bozorov Ikrom Safartosh o‘g‘li 1996-yil 16-aprelda Jizzax viloyatida tug‘ilgan.
2019-yilda TDTU bakalavr, 2024-yilda magistratura bosqichini “Foydali qazilmalarni boyitish” yo‘nalishida tamomlagan.
Ahmadov Iskandar Murodxo‘ja o‘g‘li
Registrator ofis boshlig‘i
Ahmadov Iskandar Murodxo‘ja o‘g‘li 1997-yil 6-yanvarda Toshkent viloyatida tug'ilgan. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti bitiruvchisi bo‘lib (2021), mutaxassisligi bo‘yicha xalqaro iqtisodchi.