Insoniyat tarixi – bu aslida vositalar va qurollar yaratish tarixidir. XXI asr boshiga kelib, inson oʻzi yaratgan eng murakkab va sirli aʼzosi – intellektning nusxasini yaratishga kirishdi. Bugun biz nafaqat texnologiya, balki «raqamli ong» evolyutsiyasining guvohi boʻlib turibmiz.
TAHLILIY MATERIALLAR
Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlikni ta’minlash masalasida ikki mintaqaning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish imkoniyatini beradigan, transchegaraviy ahamiyatga ega boʻlgan oʻzaro manfaatli geoiqtisodiy loyihalarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligining hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi 2025-yil oktabr holatiga ko‘ra jiddiy ravishda oshib, $43 mlrd. 969 mln. yetdi. Bu ko‘rsatkich oldingi yilning shu davriga nisbatan sezilarli o‘sishni ko‘rsatib, $4 mlrd. 884 mln.ga (yoki 1,12 baravarga) ko‘paygan.
Zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimining keng koʻlamda transformatsiyaga uchrashi, global iqtisodiyotni parchalashga qaratilgan xatarlar, iqlim oʻzgarishi, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi bilan bogʻliq muammolarning keskinlashib borayotgani sharoitda Markaziy Osiyo davlatlari mintaqada barqaror rivojlanishni ta’minlash imkonini beruvchi samarali hamkorlik modelini shakllantirish yolidagi sa’y-harakatlarni davom ettirmoqdalar.
Markaziy Osiyo davlatlari (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston) 1991-yilda mustaqillikka erishgandan soʻng, umumiy tarixiy, madaniy va iqtisodiy asoslarga ega boʻlgan mintaqa sifatida yangi siyosiy munosabatlar tizimini izlay boshladi. 1990-yillarda qator integratsion tuzilmalar tashkil etildi. Bularga Markaziy Osiyo davlatlari hamdoʻstligi (1993), Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorlik tashkilotini (1994) kiritish mumkin. Keyinchalik bu tuzilmalarning ayrimlari faoliyati susaydi, ammo integratsiya gʻoyasi saqlanib qoldi.
Markaziy bankga koʻra, soʻmning dollarga nisbatan almashuv kursi soʻnggi bir necha oy ichida noodatiy mustahkamlangani milliy valyuta yil boshidan beri 3−4 foiz atrofida mustahkamlangan va bu tendensiya bir qator omillar natijasida yuz berayotgani taʼkidlandi.
Global miqyosda geosiyosiy keskinlik kuchaygan, xalqaro maydonda kuchlarning yangi nisbati shakllanayotgani barobarida AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar intensiv ravishda rivojlanib, yangi mazmun kasb qilmoqda.
Hozirgi kunda Markaziy Osiyoning global siyosat va jahon iqtisodiyotidagi o‘rni tobora ortib borayotganini kuzatmoqdamiz.
Afg‘oniston va Pokiston chegara hududlarida bir hafta mobaynida davom etgan qurolli to‘qnashuvlar joriy yil 19-oktyabr kuni Doha shahrida Qatar va Turkiya vositachiligida tomonlar o‘rtasida sulh shartnomasi imzolanishi bilan vaqtincha xotima topdi.
So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasining geosiyosiy kun tartibi murakkablashib bormoqda. Xitoy, Hindiston, Yevropa Ittifoqi qatorida Yaponiya ham mintaqaga oid o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lmoqda.
Isroilning Qatarga uyushtirgan zarbalari va bunga javoban Doha shahrida bo‘lib o‘tgan arab va musulmon davlatlari rahbarlarining favqulodda sammiti ortidan Pokiston Bosh vaziri Shaxboz Sharif va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi hamda Bosh vaziri Muxammad bin Salmon joriy yil 17- sentyabrida Ar-Riyodda ikkitomonlama Strategik mudofaa shartnomasini imzoladilar.
Joriy yil 9-sentyabrda Isroil tomonidan Qatar poytaxti Doha shahrida HAMAS harakati yetakchilariga qarshi uyushtirilgan havo hujumi va uning oqibatlari siyosatchi va ekspert doiralar o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) 24 yil ichida muhim shakllanish yoʻlini bosib oʻtdi va zamonaviy xalqaro meʼmorchilikning muhim qismiga aylandi.
Joriy yil 8-avgustida Vashingtonda AQSH, Ozarbayjon, Armaniston rahbarlari oʻrtasida erishilgan kelishuvlarning Yevroosiyo mintaqasidagi kuchlar geosiyosiy muvozanatiga taʼsiri siyosatshunos doiralar orasida keng muhokamalarga sabab boʻlmoqda.