Diplomat University rektori Umid Mahmudov "Xalq diplomati" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Koʻkrak nishoni Umid Mahmudovga Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan Oʻzbekiston va xorijda xalq diplomatiyasiga qoʻshgan hissasi uchun berildi
Xalq diplomatiyasi markazi direktori Qobiljon Sobirov ko‘krak nishonini topshirar ekan, Umid Mahmudov rahbarligida Diplomat University tomonidan ShHTga a'zo davlatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilik, millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, sivilizatsiyalararo muloqotni kuchaytirish, o‘zaro madaniy – gumanitar aloqalarni kengaytirish, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatni rag‘batlantirish yo'nalishidagi olib borilayotgan ishlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.
DU – innovatsion ta’lim, kreativ yondashuv