Hurmatli akademik jamoa, aziz talabalar!
19-Mar, 2026
Matbuot Xizmati
1739 ko'rilgan

Hurmatli akademik jamoa, aziz talabalar!

Siz azizlarni, ulug‘ ayyom – muborak Ramazon hayiti bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Qalblarimiz quvonch va ezgulik nuriga to‘lib turgan ushbu saodatli damlarda avvalo mana shunday qutlug‘ va munavvar kunlarga sog‘-omon yetkazgani uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz.

Xalqimiz ma’naviy poklanish, sabr-qanoat, shukronalik, xayr-u saxovat fazilatlari ulug‘lanadigan ushbu oyni munosib kutib olish barobarida diniy ibodatlarni fayzli va mazmunli o‘tkazib, ushbu muborak oyning shafoat va fazilatlaridan to‘la bahramand bo‘lish imkoniga ega bo'ldilar.

Siz, azizlarni Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxt-u saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Iyd-al-Fitr ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!

Umid Mahmudov,
Rektor

Havola nusxalandi!
Operator
Qabul bo'limi
Ariza qoldirish
Assalomu alaykum! Ta'lim yo'nalishlarimiz bo'yicha ariza qoldiring.