Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar hamda Universitet jamoasi!
Kirib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan Sizlarni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Yil davomida erishilgan yutuqlar, bosib o‘tilgan mashaqqatli, ammo sharafli yo‘l bizning birdamligimiz,
fidoyiligimiz va buyuk maqsadlarga bo‘lgan ishonchimiz natijasidir.
Ortda qolayotgan yil biz uchun sinovlar bilan birga yangi imkoniyatlar, dadil tashabbuslar va muhim yutuqlar yili bo‘ldi.
Ilm-fan yo‘lida birlashgan jamoamiz yuksak marralarni ko‘zlab, kelajakka ishonch bilan qadam tashlamoqda.
Yangi yil barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz ilhom va yorqin zafarlar olib kelsin!
2026-yilda har bir xonadonga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik va fayzu baraka tilayman.
Yangi yilda yagona jamoa bo‘lib, Universitetimiz nufuzini yanada yuksaltirish yo‘lida bor kuch va salohiyatimizni safarbar etaylik.
Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!
Umid Mahmudov,
Rektor