Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar hamda Universitetimiz jamoasi!
05-Iyn, 2025
Matbuot Xizmati
1634 ko'rilgan

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, aziz talabalar hamda Universitetimiz jamoasi!

Tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlari bilan tobora obod va munavvar bo‘layotgan yurtimizga kirib kelayotgan Qurbon Hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz. 

Universitetimizda do‘stlik va ahillik muhitini mustahkamlash, talaba yoshlar bilimini yuksaltirish, kam ta’minlangan oilalar haqida g‘amxo‘rlik qilish, hech kimni mehr va e’tibordan chetda qoldirmaslikka qaratilgan ezgu ishlarimizda muqaddas dinimiz, uning insonparvarlik mohiyatini o‘zida yaqqol ifoda etadigan ushbu fayzli bayram biz uchun ibrat maktabi, kuch-g‘ayrat manbayi bo‘lib xizmat qiladi.

Siz azizlarni muqaddas Qurbon Hayiti bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka tilaymiz. 
Ulug‘ ayyom barchamizga muborak bo‘lsin!

DU – innovatsion ta’lim, kreativ yondashuv

Havola nusxalandi!
Operator
Qabul bo'limi
Aloqa markazi
Assalomu alaykum! Savollaringizga javob berishimiz uchun o'zingizni tanishtiring.