“Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi: milliy, mintaqaviy va xalqaro tajriba xususiyatlari” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi  ilmiy-amaliy anjuman
26-Apr, 2026
Matbuot Xizmati
620 ko'rilgan

“Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi: milliy, mintaqaviy va xalqaro tajriba xususiyatlari” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy anjuman

“Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi: milliy, mintaqaviy va xalqaro tajriba xususiyatlari” mavzusidagi xalqaro miqyosdagi

ilmiy-amaliy anjuman

AXBOROT XATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi
PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi
ni tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan vazifalar, shuningdek, iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasini jadallashtirish, raqamli xizmatlar bozorini kengaytirish, sun’iy intellekt hamda moliyaviy texnologiyalarni iqtisodiyot va tadbirkorlik faoliyatida keng qo‘llashga qaratilgan Davlat dasturida belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son “2026-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrugʻi bilan tasdiqlangan rejaga muvofiq  joriy yilning  24-25 aprel kunlari “Diplomat University”da “Iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi: milliy, mintaqaviy va xalqaro tajriba xususiyatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazish belgilangan.

         Mazkur anjuman iqtisodiyot tarmoqlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishning nazariy asoslari, institutsional mexanizmlari hamda ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlanadi. Anjumanda raqamli transformatsiya jarayonlarining milliy rivojlanish modeli, mintaqaviy hamkorlik imkoniyatlari va global iqtisodiy tizimdagi o‘zgarishlar ilmiy jihatdan muhokama qilinadi.

Anjuman doirasida quyidagi sho‘balar bo‘yicha ilmiy-amaliy ma’ruzalar muhokama etilishi rejalashtirilgan:

1-sho‘ba. Raqamli transformatsiya jarayonlarining nazariy asoslari va ustuvor yo‘nalishlari;

2-sho‘ba. Iqtisodiyotda texnologik va innovatsion o‘sish tendensiyalari;

3-sho‘ba. O‘zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish mexanizmlari: institutsio-nal sharoitlar va samaradorlik ko‘rsatkichlari;

4-sho‘ba. Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiy tizimlarida raqamli transformatsiyaning dinamikasi va ustuvor sohalari;

5-sho‘ba. Taraqqiy etgan mamlakatlar iqtisodiyotini raqamlashtirishning o‘ziga xos jihatlari va ilg‘or tajribalar;

6-sho‘ba. O‘zbekiston iqtisodiyotining raqamli qiyofasi: sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar sohasidagi so‘nggi tendensiyalar.  

Ilmiy-amaliy anjuman ishida oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, vazirlik va idoralar mutaxassislari hamda real sektor vakillari ishtirok etishlari mumkin.

Ilmiy-amaliy anjuman materiallarini (maqola va tezislar)
rasmiylashtirish tartibi hamda qo‘yiladigan texnik talablar:

- taqdim etiladigan materiallar konferensiya ilmiy yo‘nalishlariga oid dolzarb mavzularda, ilmiy tahlil va tugallangan fikrlar asosida, ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga qamrab olgan holda, imlo xatolarsiz taqdim etilishi lozim;

- materiallar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin;

- ma’ruza tezislari matnlari tahrir qilingan holda A4 o‘lchamda, yuqoridan va pastdan 2 sm. chapdan 3 sm. o‘ngdan 1,5 sm. joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Yuqori qismda o‘rtada maqolaning nomi, 1,5 intervaldan so‘ng muallifning to‘liq familiyasi, ismi va sharifi, ilmiy darajasi va unvoni, lavozimi, tashkilot nomi, elektron manzili va telefon raqami yoziladi. So‘ngra, 1,0 interval qoldirilib, matnning mazmuni 1,0 intervalli qatorlarda yoziladi. Matnning elektron nusxasi
MS Word dasturida, Times New Roman shriftida, 14 kegel kattaligida, 3-5 bet hajm doirasida bo‘lishi talab etiladi.

- taqdim etiladigan materiallarda konferensiyaning ilmiy sho‘basi aniq ko‘rsatilishi zarur.

Materialda keltirilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi va plagiatdan holiligiga muallif javobgar hisoblanadi.

Tashkiliy qo‘mita yuborilgan materiallarni tahrir qilish va tanlash huquqiga ega. Anjuman mavzusiga mos bo‘lmagan, tegishli talablarga javob bermaydigan, ilmiy-amaliy tavsiyaga ega bo‘lmagan va belgilangan muddatdan kechikib topshirilgan materiallar to‘plamga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Anjumanda ishtirok etish uchun maqola va tezislar 2026-yil 1-aprelgacha (shu kuni ham) quyidagi aloqa vositalari orqali qabul qilinadi:

  • telegramBOT: @konferensiyabot;
  • Telefon: +998946165515;
  • E-mail: conference@diplomat.university

Anjumanda materiallarni chop etish bepul.

Manzil: Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 7-uy, 204-xona, “Iqtisodiyot va raqamli texnologiyalar” kafedrasi. (yuklab olish)

Ulashish
Havola nusxalandi!
Operator
Qabul bo'limi
Ariza qoldirish
Assalomu alaykum! Ta'lim yo'nalishlarimiz bo'yicha ariza qoldiring.