MUHTARAM USTOZLAR, QADRLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR!
01-Okt, 2026
Matbuot Xizmati
2637 ko'rilgan

MUHTARAM USTOZLAR, QADRLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR!

Siz azizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Ustozlik – inson qalbiga yo‘l topish, unga bilim berish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish va kelajagiga daxldor bo‘lishdek sharafli mas’uliyatdir.

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ta’lim va ilm-fan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim vakillari zimmasida zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldorlikni his qiladigan va dunyo bilan tengma-teng muloqot qila oladigan yoshlarni tarbiyalashdek ulug‘ vazifa turibdi.

Universitetimiz erishayotgan har bir yutuq, talabalarimizning har bir muvaffaqiyati ortida sizlarning bilimingiz, tajribangiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz mujassam.

Shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi dunyoda ustozning vazifasi faqat bilim berish emas, balki yoshlarni izlanishga, mustaqil fikrlashga, yangilik yaratishga va insoniy qadriyatlarga sodiq qolishga ilhomlantirishdir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Shogirdlaringizning yutuqlari sizga doimo kuch va ilhom bag‘ishlasin!
O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Umid Mahmudov,
Rektor

Havola nusxalandi!
Operator
Qabul bo'limi
Ariza qoldirish
Assalomu alaykum! Ta'lim yo'nalishlarimiz bo'yicha ariza qoldiring.