YANGILIKLAR

17-Noy, 2026
Kris Maknab — «Google»

🚀 Ikki yoşning ğoyasi qanday qilib dunyoning axborot izlaş qoidalarini özgartirdi?

16-Noy, 2026
Özbekiston ta'lim bozorida Yapon tajribasi

📌JUNSEI TASHKENT xalqaro aloqalar boşqarmasi boşliği Mafune Kurokawa Universitet faoliyati hamda talabalar uchun yaratilgan şaroitlar bilan tanişdi.

💬Şuningdek, uçraşuvda Yaponiyaning Kibi xalqaro universiteti (吉備国際大学) bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

✅Ta'lim bozoriga xalqaro ishtirokchilarning kirib kelişii, ta'lim sifatiga bevosita ta'sir körsatişi barobarida soğlom raqobat muhitini şakllantirişga xizmat qiladi.

01-Okt, 2026
MUHTARAM USTOZLAR, QADRLI PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR!

Siz azizlarni 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Ustozlik – inson qalbiga yo‘l topish, unga bilim berish, hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish va kelajagiga daxldor bo‘lishdek sharafli mas’uliyatdir.

Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotida ta’lim va ilm-fan hal qiluvchi kuchga aylanmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim vakillari zimmasida zamonaviy bilimlarga ega, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldorlikni his qiladigan va dunyo bilan tengma-teng muloqot qila oladigan yoshlarni tarbiyalashdek ulug‘ vazifa turibdi.

Universitetimiz erishayotgan har bir yutuq, talabalarimizning har bir muvaffaqiyati ortida sizlarning bilimingiz, tajribangiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz mujassam.

Shiddat bilan o‘zgarayotgan bugungi dunyoda ustozning vazifasi faqat bilim berish emas, balki yoshlarni izlanishga, mustaqil fikrlashga, yangilik yaratishga va insoniy qadriyatlarga sodiq qolishga ilhomlantirishdir.

Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, ilmiy va pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.

Shogirdlaringizning yutuqlari sizga doimo kuch va ilhom bag‘ishlasin!
O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin, aziz ustozlar!

Umid Mahmudov,
Rektor

Operator
Qabul bo'limi
Ariza qoldirish
Assalomu alaykum! Ta'lim yo'nalishlarimiz bo'yicha ariza qoldiring.